Saturn GPD 1535 markali zamonaviy isitish qozonining tasnifi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Maqolada bugungi kunda respublikamizda mavjud bo‘lgan ko‘p qavatli turar joylarda qo‘llaniladigan va jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy isitish tizimlari haqida so‘z boradi. Ya’ni, ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki hozirgi kunda yurtimizda qad ko‘targan 38 382 ta koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ulardan 15 120 tasi (39,4%) markazlashgan issiqlik ta’minotiga, 5 588 tasi (14,6%) individual (ikki konturli qozonlar, kontramarka, golland pechlari orqali) issiqlik ta’minotiga ega. Qolgan 46%, ya’ni 17 674 ta koʻp qavatli uylar boshqa turdagi loyihasiz (konditsioner, elektr isitgichlar va qoʻlbola isitish moslamalaridan) foydalanib kelmoqda. Mazkur uylarning aksariyati 2 va 3 qavatli uylardan iborat.


Maqsad: Saturn GPD 1535 markali zamonaviy isitish  qozonlarning foydali ish koeffitsiyenti oddiy batareyalardan koʻra oʻta yuqori, ularning qoʻshimcha afzalligi issiqlik yetkazish darajasini, shuningdek, uyni isitish yoki isitmaslik, oʻz navbatida, toʻlov qilish yoki qilmaslikni oʻzingiz belgilashingiz mumkinligi hisoblanadi. Endi barchasi kommunal xizmatlarning emas, inson shaxsiy istagingizga bogʻliq.


Usullari: Umumiy qabul qilingan usul – bu xususiy uyni isitish uchun gazli qozonlarni oʻziga xos issiqlik quvvatiga koʻra, ya’ni isitiladigan xonaning 10m2 maydoni uchun 1 kVt issiqlik energiyasi hisobidan tanlash.


Natijalar: Hozirgi kunda ko’p isti’molchilar zamonaviy, qulay, hamyonbop bo‘lgan va eng asosiysi xavfsiz bo‘lgan jahon standartlariga to‘la javob beradigan shaxsiy gaz bilan ishlaydigan kichik qozonlardan foydalanmoqdalar. Maqolada shunday mukammal xususiyatlarga ega boʻlgan ikki konturli Saturn GPD 1535 - gaz qozoning afzallik tomonlari yoritilgan. Zamonaviy shaxsiy gaz bilan ishlaydigan qozonlarni tanlagan holatda uyimizni isitish tizimi bilan ta’minlash, ekologiyaga ham ozgina bo‘lsada befarq bo‘lmaganligimizni anglatadi. 

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Munira M. Azimova, & Nargiza M. Kurbanova. (2026). Saturn GPD 1535 markali zamonaviy isitish qozonining tasnifi. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 63–68. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/186
Ko'rishlar soni: 78