Transformatorlarning texnik holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda konchilik korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini baholash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: ushbu maqola kuch transformatorlarining ishdan chiqish sabablari va ularning asosiy ta’sir omillarini baholashga qaratilgan. Konchilik korxonalaridagi nimstansiyalardan turli xil rad etish hodisalari tahlil qilingan.


Maqsad: kuch transformatori resursining hayot siklini uzaytirish va oshirish keng qamrovli tadqiqot orqali amalga oshiriladi. Bu murakkab, bilim talab qiladigan va qimmat operatsiya bo‘lib, uni amalga oshirish sanoatning normativ-texnik hujjatlariga muvofiq tadqiqot operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq.


Usullar: kuch transformatorlari ishonchliligiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish, shuningdek tadqiqotda olingan ma’lumotlarga asoslanib, kuch transformatorlarining nosozliklari orasidagi vaqt bo‘yicha statistik ma’lumotlarni solishtirish hamda elektr tarmoqlari elementlarining ishlash sifatiga ta’sirini baholashning tajribasini о‘rganish.  


Natijalar: tadqiqot natijalarida kuch transformatorining ishlashi texnik shartlarini tahlil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan. Elektr jihozlarning resurslarini boshqarish samaradorligini baholash mezoni taklif etilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Jonibek A. Mavlonov, & Muzaffar K. Sayidov. (2026). Transformatorlarning texnik holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda konchilik korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini baholash. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 40–45. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/183
Ko'rishlar soni: 17