Shamol va gidroenergetika oʻzaro ta’sir: mavsumiy oʻzgarishlarda kompensatsiya potentsiali

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: so‘nggi o‘n yillikda qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTM) jahon energetika siyosatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Energiya talabining oshishi, tabiiy resurslarning kamayishi va iqlim o‘zgarishi an’anaviy energiya manbalaridan barqaror yechimlarga o‘tishni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan, Markaziy Osiyo va xususan O‘zbekiston cheklangan suv resurslari va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi sababli turli hil muammolarga duch kelmoqda. O‘zbekistonning energetika tizimi uzoq yillar davomida qazilma yoqilg‘ilar va gidroelektr stansiyalarga bog‘liq bo‘lib kelgan, biroq qazilma yoqilg’ilsrining kamayib borishi va iqlim o‘zgarishi suv resurslarining barqaror ta’minlanishining buzilishiga olib kelmoqda, bu esa gidroenergetika barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sug’orishi mavsumlari va iqlim anomaliyalari sharoitida kichik GESlarning quvvati aholi va sanoat ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lmay qolishi mumkin. Izlanishlarda mintaqaning iqlim sharoitlarida shamol energetikasi barqaror potensial imkoniyati va suv resurslari kamaygan davrlarda doimiy elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlay oladi imkoniyatini ko’rib chiqilgan. Kichik GES va shamol elektr stansiyalarining (SHES) bigalikda qo‘llanilishi ayniqsa suv resurslari ta’minoti barqaror bo‘lmagan sharoitda barqaror energiya bilan ta’minlashga yordam berishi extimolligi yuqori. Bu yondashuv nafaqat tabiiy omillarga bog‘liqlikni kamaytiradi, balki uglerod gazini qisqartirishga ham xizmat qiladi, bu esa barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi va QTEM potensialidan samarali foydalanish imkonini beradi.


Maqsad: O‘zbekistondagi kichik GESlarning holati va potensialini o‘rganish, shuningdek, ularning mavsumiy ishlab chiqarish tebranishlarini SHES orqali qoplash imkoniyatlarini tadqiq qilish. Shamol energiyasining integratsiya afzalliklari yaqqol ko‘rinib turibdi ayniqsa yoz oylarida, suv resurslari kamayganda, gidroenergetikaga barqaror qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu tadqiqot kichik GES va SHESni birgalikda foydalanishni rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan.


Usullar: tadqiqotning asosiy usuli – kichik GESlarning energiya ishlab chiqarish imkoniyatini tahlil qilish. Hajmiy kamayishlani o’ganish va hududa shamol potensialini baholash hamda uning yordamida bu yo‘qotishlarni qisman yoki to‘liq qoplashi mumkinligini tahlil qilish. Ushbu usul kichik GESlarning potensial pasayishini shamol energiyasi hisobiga kompensatsiya qilishning ishonchliligini ko‘rib chiqiladi.


Natijalar: tadqiqot tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning kichik GESlari mavsumiy quvvat tebranishlari sezilarli darajada o’zgarishi kuzatiladi. Yoz oylarida daryolar va kanallardagi suv resurslari sug’rishga uzatilishi va GESlarni suv ta’minoti kamayishi natijasida ishlab chiqarish hajmining eng katta pasayishi aniqlandi. Shamol energetikasi bo‘yicha olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, yoz oylarida shamol elektr stansiyalarining potensiali nisbatan barqaror bo’lish aniqlandi. Bu SHESni mavsumiy quvvat tanqisligini qoplash uchun istiqbolli yechim sifatida ko‘rsatadi.


Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, SHES quvvati kichik GES ishlab chiqarishining mavsumiy pasayishini qisman qoplash uchun yetarli. Bu esa shamol energetikasi qurilmalarini umumiy energiya balansiga kiritish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi, bu orqali barqaror energiya ta’minoti ta’minlanishi mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Romеn A. Zahidov, & Jaхongir Х. Mamadaliyev. (2026). Shamol va gidroenergetika oʻzaro ta’sir: mavsumiy oʻzgarishlarda kompensatsiya potentsiali. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 1–10. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/176
Ko'rishlar soni: 29