Fotovoltaik tizimlarning O‘zbekistonda xavfsiz o‘rnatilishi va ekspluatatsiya qilinishi bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: ishning ahamiyati shundaki, Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) jadal rivojlantirish va mamlakatning energetika balansidan quyosh elektr stansiyalarining ulushini oshirish fonida quyosh fotoelektrik tizimlari (FET) texnologiyalarini standartlashtirish masalasi strategik ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston QTEM quvvatlarini jadal oshirib bormoqda va 2025-yilga kelib ularning umumiy energetika balansidan ulushini 40% ga yetkazishni prognoz qilmoqda. Quyosh texnologiyalarini jadal joriy etish sharoitida FET xavfsizligi, mustahkamligi va samaradorligini taʼminlash muhim oʻrin tutadi. IEC 61215, IEC 61730, IEC 62446 va EN 50583 kabi xalqaro standartlar quyosh tizimlarini loyihalash, sinovdan oʻtkazish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi. Ular milliy sharoitlarga moslashtirilishi tarmoqning uygʻun rivojlanishini taʼminlash uchun zarur qadmdir. Bundan tashqari, xalqaro standartlarni milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda moslashtirish Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan energetika strategiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, maqola quyosh texnologiyalarini xavfsiz va samarali joriy etishni taʼminlovchi normativ bazani yaratish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish uchun dolzarb ahamiyatga ega.


Maqsad: ishning maqsadi quyosh fotoelektrik tizimlari (FET) uchun xalqaro standartlarni Oʻzbekiston sharoitlariga, milliy xususiyatlar va talablarni hisobga olgan holda tahlil qilish va moslashtirishdan iborat. Bu FET xavfsizligi, mustahkamligi va samaradorligini taʼminlash, milliy normativ bazani xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish hamda mamlakatda qayta tiklanuvchi energiyani barqaror rivojlantirish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.


Usullar: tadqiqot usullari xalqaro standartlarni tahlil qilish, ularni Oʻzbekiston milliy normativlari bilan taqqoslash, moslashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, amaliyotda approbatsiya qilish va mamlakatning iqlim hamda texnik xususiyatlarini hisobga olishni oʻz ichiga oladi. Bunday yondashuv quyosh fotoelektrik tizimlari uchun standartlarning mukammal tadqiqoti va moslashtirilishini taʼminladi.


Natijalar: tadqiqot xalqaro standartlar va Oʻzbekiston milliy normativlari oʻrtasidagi farqlarni aniqlash, ularni mamlakatning iqlim va texnik xususiyatlarini hisobga olgan holda moslashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. Standartlarning moslashtirilishi fotoelektrik tizimlar xavfsizligi va ishonchliligini oshiradi, ularning sinov va inspeksiyasini takomillashtiradi, shuningdek, milliy energetika strategiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish va Oʻzbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishga yordam beradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Odiljon A. Raxmatov. (2025). Fotovoltaik tizimlarning O‘zbekistonda xavfsiz o‘rnatilishi va ekspluatatsiya qilinishi bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 151–157. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/163
Ko'rishlar soni: 8