ZnO va ZnSe mikrokukunlarida lazer nuri ta’sirida uygʻotilgan luminesentsiya va lazerli nurlanish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: ishning dolzarbligi shundan iboratki hozirgi vaqtda impuls-davriyli lazer nurlari ta’sirida ZnO va ZnSe mikrokukunlari fotoluminesentsiya spektrlarining shakllantirish mexanizmlari yetarlicha oʻrganilmaganligidir.


Maqsad: impuls-davriyli lazer nuri ta’sirida ZnO va ZnSe mikrokukunlarida fotoluminesentsiya spektrlarini shakllantirish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.


Usullar:  ishda mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan impuls-davriyli rejimda ishlaydigan mis bugʻlaridagi kompakt lazer asosidagi zamonaviy lazer spektroskopiyasi usuli qoʻllanildi.


Natijalar: mis bugʻlaridagi impuls-davriyli lazer nurlanishida rux oksidi va rux seleni mikrokukunlarrining fotoluminesentsiya (FL) spektrlari tadqiq etildi. Oʻrganilgan namunalarning FL spektrlarini shakllantirish mexanizmlari aniqlandi. Aniqlanishicha, 106 Vt/sm2 lazerli nurlanish intensivligida rux oksidi va rux seleni mikrokukunlarida superluminesentsiya effekti kuzatildi. Tajribada, oʻrganilgan namunalarda qoʻzgʻatuvchi nurlanish intensivligi oshganda FL spektri polosasining maksimumi 4 nm gacha siljishi kuzatildi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ilyos A. Raxmatullayev, Nikolay F. Bunkin, Quvonchbek H. Hoshimov, & Bobur A. Abdusattorov. (2025). ZnO va ZnSe mikrokukunlarida lazer nuri ta’sirida uygʻotilgan luminesentsiya va lazerli nurlanish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 90–99. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/149
Ko'rishlar soni: 2