Nasos stantsiyalarining sinxron mashinalarining qoʻzgʻatishni rostlagichining energitika tizimi elektr ta’minoti tarmoqlari rejimlariga ta’sirini tadqiq etish
Referat
Dolzarbligi: respublikamizda sug'orish uchun 1698-ta nasos stansiyasi (NS) mavjud bo'lib, boshqa hududlarda ham ko'plab NS mavjud; Aksariyat NS sinxron motorli elektr dvegatellar bilan jihozlangan. Mamlakat energetika tizimining rivojlanayotgan tuzilmasi bunday NSning turli rejimlarini rostlashning energitika tizimini ta'minlovchi elektr tarmoqlari rejimlariga ta'sirini aniqlash bo'yicha tadqiqotlarni talab qiladi.
Maqsad: NS sinxron mashinalarining qo'zg'atishni rostlashning elektr ta'minoti tarmoqlari rejimlariga ta'sirini ko'rib chiqish, ularning birgalikda ishlash samaradorligini oshiradigan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Usullari: qo'yilgan vazifalarni hal qilishda matematik va simulyatsiya modellashtirish usullari, shuningdek, NS va elektr ta'minoti tarmog'ining qoʻshma rejimlari hisob-kitoblarini tahlil qilishdan foydalanilgan.
Natijalar: nasos stantsiyalarining qoʻzgʻatishni boshqarish tizimlarining energiya tizimining elektr ta’minoti tarmoqlari rejimlariga ta’siri koʻrsatilgan, rejimlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
