Elektr magnit xususiyatlarini yaxshilangan yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlar

TO'LIQ MATN:

Referat

 


Dolzarblik: hozirgi vaqtda yuqori inersiyali maydalash hamda yuk ko‘tarish-ko‘chirish mexanizlarini ishga tushirish jarayonini yengillashtirish, texnologik jarayonni soddalashatirish hamda aniq to‘xtatilishini ta’minlash orqali ularning aktiv qismining ishlash muddatini oshirish imkonini beruvchi energiya va resurslarni tejaydigan yangi elektr yuritmalarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mexanizmlarni rostlovchi elektr yuritmalar yordamida takomillashtirish orqali mavjud elektr yuritmalarning ishlash xarakteristikalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda maydalash va yuk ko‘tarish-ko‘chirish mexanizmlarining elektr yuritmalari talablariga javob beradigan, ko‘p tezlikli motorlar asosida rostlanuvchi elektr yuritmalarni ishlab chiqish ustuvor vazifalardan biridir.


Maqsad: elektromagnit xususiyatlari yaxshilangan va soddalashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo'lgan qutblar soni oʻzgaruvchan choʻlgʻam sxemalarini ishlab chiqish.


Usullar: qutblar soni oʻzgaruvchan choʻlgʻamning yangi sxemalarini ishlab chiqish uchun toklar stator pazlari boʻylab bir teng taqsimlangan Diskret berilgan fazoviy funktsiyalar usuli qoʻllanildi.


Natijalar: olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida stator pazlar soni 48-ga teng, qutblar nisbati 8/4 bo‘lgan uch fazali qutblari o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasi ishlab chiqildi. Yangi ishlab chiqilgan chulg‘amning elektr magnit tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, yuqori garmonika tashkil etuvchilari minimal, Gyorges diagrammasining ko‘rinishi aylanaga yaqin, differensial sochilish koeffitsiyentining qiymati minimal σ0=5,3%.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Dauletbek A. Rismuxamedov, & Husniddin F. Shamsutdinov. (2025). Elektr magnit xususiyatlarini yaxshilangan yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlar . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 50–58. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/139
Ko'rishlar soni: 10