Shahar elektr ta’minotida taqsimlangan generatsiya manbalarini qo‘llash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: ushbu maqolada elektr yuklama zichligi o‘zgaruvchan va yuqori bo‘lgan shahar kichik mikrorayoni hududida taqsimlangan generatsiya manbalarini joriy etish, ularni qo‘llash orqali shahar elektr tarmoqlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlili amalga oshiriladi. Past kuchlanishli shahar elektr tarmoqlarining ish rejimlariga ushbu manbalarning ta’sirini baholash va taqsimlangan generatsiya manbalarining boshqaruv tizimlarini yaratish hamda energiya samaradorlikka erishishda loyihalash jarayoni uchun nazariy asos yaratish muhim hisoblanadi.


Maqsad: past kuchlanishli shahar elektr tarmoqlarida taqsimlangan generatsiya manbalarini qo‘llash orqali energiya samaradorlikka erishishni ta’minlash, boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali elektr yuklama grafiklarini tekislash hisoblanadi.


Usullar: shahar elektr tarmoqlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari, taqsimlangan generatsiya manbalarini modellashtirish usuli, energiya samaradorlikka erishish va past kuchlanishli shahar elektr iste’molchilarining yuklama grafiklarini tekislash usullari.  


Natijalar: tadqiqot natijalari shahar elektr ta’minoti tizimida taqsimlangan generatsiya manbalarini joriy etish orqali elektr tarmoqlarining yuklanish darajasini optimallash, elektr yuklama grafiklarini tekislash va elektr energiyasining isroflarini qisman kamaytirishda, shuningdek, elektr energiyasi sifatini yaxshilash, energiya samaradorlikka erishishni texnik-iqtisodiy asoslash va baholashda, loyihalash jarayonlarida foydalaniladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Mirkomil V. Meliqo‘ziyev. (2025). Shahar elektr ta’minotida taqsimlangan generatsiya manbalarini qo‘llash. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 40–49. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/138
Ko'rishlar soni: 2