Oʻzbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish darajasi va ularning mavjud zaxiralarini tahlil qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: ushbu maqolada Oʻzbekistonda neft va gaz resurslarini qazib olish va qayta ishlashning asosiy tendensiyalari yoritilgan. Unda neft, gaz kondensati va tabi’iy gaz ishlab chiqarish hajmlari tahlil qilinadi hamda tarmoq rivojlanishiga texnologik va iqtisodiy omillarning ta’siri oʻrganiladi. Uglevodorod qazib olishning kamayishi, infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurati va investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.


Maqsad: Oʻzbekistonning neft-gaz sektorining hozirgi holatini baholash va uni barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, jumladan modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish va texnologik yangilanishlarni ilgari surish.


Usullari: neft va gaz ishlab chiqarish hajmlarining statistik tahlili, sohani rivojlantiruvchi iqtisodiy va texnologik omillarni baholash hamda energetika sohasidagi xalqaro hamkorlikni oʻrganish.


Natijalar: tadqiqot natijalari chuqurlashtirilgan gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish orqali energetik xavfsizlikni mustahkamlash zaruriyatini asoslaydi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik va energetik resurslarni Qozogʻiston orqali tranzit qilish muhimligi ta’kidlanadi. Maqolada bozor mexanizmlarini joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini kengaytirish orqali energiya balansini diversifikatsiya qilish zarurati koʻrsatilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Kakhramon R. Allaev, & Ikromjon U. Rahmonov. (2025). Oʻzbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish darajasi va ularning mavjud zaxiralarini tahlil qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 24–32. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/134
Ko'rishlar soni: 1

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari