Yirik quyosh elektr stansiyalarida markazlashgan invertorlar uchun sun’iy intellektga asoslangan gibrid monitoring va ishonchlilikni oshirish konsepsiyasi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: Markazlashgan invertorlar ishonchliligining pasayishi yirik fotoelektrik stansiyalar barqarorligi va
samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Maqsad: Ushbu tadqiqotda SCADA, termal monitoring, qisman razryad tahlili va Digital Twin texnologiyalarini
integratsiyalovchi gibrid AI-asosidagi monitoring tizimi ishlab chiqilib, yirik quyosh elektr stansiyalaridagi
markazlashgan invertorlarning ishonchliligi, prediktiv texnik xizmati va ekspluatatsion samaradorligini oshirish
maqsad qilingan.
Usullar: Ishonchlilikning qiyosiy tahlili, sensorli diagnostika, AI/ML asosidagi prognozlash va Digital Twin
monitoring arxitekturalari tadqiq qilindi.
Natijalar: Gibrid monitoring tizimi nosozliklarni erta aniqlash aniqligini 34,5 % ga oshirdi hamda invertorlarn
ing kutilmagan to‘xtashlarini 27,8 % ga kamaytirdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ikromjon U. Raxmonov, Numon N. Niyozov, & Jian Wang. (2026). Yirik quyosh elektr stansiyalarida markazlashgan invertorlar uchun sun’iy intellektga asoslangan gibrid monitoring va ishonchlilikni oshirish konsepsiyasi . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 7–13. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/371
Ko'rishlar soni: 81